Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 10:56
view 1052
MOSKVADA MDH MAMLAKATLARI II ORFAN KASALLIKLARI FORUMI BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 26-27-iyun kunlari Moskva shahrida MDH mamlakatlarining II Orfan kasalliklari forumi bo‘lib o‘tdi.

🟢Forum orfan kasalliklarini davolash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va sa'y-harakatlarni birlashtirish, ushbu toifadagi bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish va dori vositalari bilan ta'minlashni tashkil etish bo'yicha tajriba almashishga qaratilgan.

🟢Forumda MDH mamlakatlari Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari, Oʻzbekiston, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiyadan yetakchi ekspertlar, ilmiy tashkilotlar va xalqaro hamjamiyatlar ishtirok etdi.

Forumda Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ishtirok etib, tashkilotchilar va ishtirokchilarni samimiy qutladi. Vazir ta’kidladiki, dunyoda 300 milliondan ortiq odam bugun noyob kasalliklar bilan yashaydi. 2025-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi orfan kasalliklarini sogʻliqni saqlashning xalqaro ustuvor yoʻnalishi sifatida rasman tan olgan birinchi rezolyutsiyani qabul qilgan. Ushbu hujjat noyob kasalliklarga qarshi kurashda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

🟢Ushbu forumda O‘zbekiston nomidan Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori Marat Sadikov ham ishtirok etib, ushbu kasalliklarga qarshi kurashda global sa'y-harakatlarni birlashtirish muhimligini va bu borada Fond tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda yutuqlari haqida gapirdi. E’tiborli jihati, Fond orfan kasalliklariga chalingan bemor bolalarga “Glurazim” dori vositasini xayriya sifatida bepul yetqazib bermoqda. Bu kabi tadbirlar doimiy ravishda O’zbekiston hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlanib, maxsus dasturlar asosida amalga oshirilayotgani ham alohida ta’kidlab o’tildi.