Jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi kunda “Nomukammal osteogenez” kasalligini zamonaviy davolashning jarrohlik (suyak qiyshiqlikni to‘g‘irlash) va konservativ (suyak strukturasini mustaxkamlash) usullari mavjud. O‘zbekistonda bunday davolash usullari avval qo‘llanilmaganligi sababli, ota-onalar bemor farzandlarini operativ davolatish uchun Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlarga olib borishlariga to‘g‘ri kelgan.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Fondi Respublika ortopediya markazi bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonda ilk bor “Fassier Duval” teleskopik tuzilmalar hamda fiksatorlarni jarrohlik yo‘li bilan o‘rnatish uchun maxsus jarrohlik asbob-uskunalari va suyuk ichi implantlari olib kelindi. Va bu amaliyotda 2023 yildan beri qo‘llanilmoqda va samarali natija berdi.
Ishonamizki, Yangi yil arafasida Fond tomonidan taqdim etilgan ushbu tuhfa o‘z navbatini kutayotgan qanchadan-qancha bemor bolajonlarning sog‘lom hayotga qaytishlari uchun katta zamin yaratadi.