Yig‘ilishda tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan birga kamchiliklar ham sanab o‘tildi.
«Birlamchi bo‘g‘inni mahallagacha tushirish bo‘yicha boshlagan islohotlarimizni ayrim hudud rahbarlari haligacha to‘liq tushunib yetgani yo‘q», — dedi Prezident.
Misol uchun, Buxoroda – 51 ta, Navoiyda – 20 ta, Jizzaxda – 19 ta mahallada shifokorlik punktlari tashkil etish yakuniga yetmagan.
Oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish, hatto kelgusi yil rejasiga ham kiritilmagan.