Новости
calendar 20.09.2024 | 15:05
view 812
Shavkat Mirziyoev: “Joriy yilda tibbiyotga 28 trillion so‘m ajratilayapti va bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravar ko‘p, degani”

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Prezident raisligida sog‘liqni saqlash sohasiga oid videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari barcha shifokor va hamshiralarni, feldsher va sanitarlarni yaqinlashib kelayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan tabrikladi.

Yig‘ilishda tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan birga kamchiliklar ham sanab o‘tildi.

«Birlamchi bo‘g‘inni mahallagacha tushirish bo‘yicha boshlagan islohotlarimizni ayrim hudud rahbarlari haligacha to‘liq tushunib yetgani yo‘q», — dedi Prezident.

Misol uchun, Buxoroda – 51 ta, Navoiyda – 20 ta, Jizzaxda – 19 ta mahallada shifokorlik punktlari tashkil etish yakuniga yetmagan. 

Oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish, hatto kelgusi yil rejasiga ham kiritilmagan.