👉O‘tgan hafta Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Sog‘lom kelajak” aksiyasi yuksak saviyada tashkil etilib, aholi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Ushbu aksiya nafaqat profilaktik tadbirlar, balki yuqori malakali tibbiy xizmatlar bilan ham ahamiyat kasb etdi.
🇺🇿🇹🇷Xususan, aksiya doirasida Turkiyaning nufuzli klinikalaridan yetakchi shifokorlar tashrif buyurib, murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Ular tomonidan ilg‘or tibbiy texnologiyalar asosida o‘tkazilgan operatsiyalar ko‘plab bemorlar uchun umid va sog‘ayish imkoniyatini taqdim etdi. Bunday xalqaro hamkorlik esa mahalliy tibbiyot sohasining rivojiga ham katta hissa qo‘shmoqda.
👉Shuningdek, aksiya davomida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, aholiga sog‘lom turmush tarzini olib borish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom hayotga qiziqishni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham keng yo‘lga qo‘yildi.
🔺Mazkur aksiya jarayonlari Zo‘r TV telekanalining “Bu kun” dasturi orqali batafsil yoritilib, unda amalga oshirilgan ishlar, shifokorlar faoliyati hamda bemorlarning samimiy fikrlari keng jamoatchilikka yetkazildi.
🔺“Sog‘lom kelajak” aksiyasi bugungi kunda sog‘lom jamiyatni barpo etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, xalqaro tajriba almashinuvi orqali yanada samarali natijalarga erishilayotganini namoyon etdi.