Ayni paytda yurtimizda mehmon bo'lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sent-Jud bolalar tadqiqot shifoxonasi vakillari yurtimizda bolalar onkologiyasini erta tashxislash va davolash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
📍 Jumladan, delegatsiya a’zolari “Uzbekistan Airports Cargo” logistika majmuasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining vaksinalar omboriga tashrif buyurib, onkologik dori vositalarini “sovuqlik zanjiri” asosida saqlash va tashish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
🏥 Shuningdek, xalqaro ekspertlar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va “Taskin” bolalar onkologik xospisida ham bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar, bemor bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va psixologik xizmatlar bilan tanishdilar.
👥 Ekspertlarga Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova hamda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari B.Abdusamatova hamrohlik qildi.