Yangiliklar
calendar 09.06.2026 | 15:14
view 162
XALQARO HAMKORLIK YO‘LIDA YANGI QADAM

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Quvaytdagi nufuzli xayriya tashkilotlaridan biri — “Balad Al Khair” rahbarlari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

🌍 Ushbu uchrashuv doirasida:
— gumanitar hamkorlikni kengaytirish
— bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar
— ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

🏥 “Balad Al Khair” tashkiloti xalqaro miqyosda faoliyat yuritib, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega.

✨ Muzokaralar doirasida xayriya loyihalarini amalga oshirish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.