Quvaytlik xalqaro xayriya tashkilotlari vakillari Qoraqalpog‘istonda: ilk manzil — Shumanay tumani
O‘zbekistonning Quvayt Davlatidagi elchixonasi hamda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Quvaytdagi xalqaro xayriya tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegasiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ishchi tashrifi tashkil etildi.
📍 Tashrifning birinchi manzili — Shumanay tumani.
Quvaytlik hamkorlar tumandagi ta'lim, sog‘liqni saqlash va aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, Shumanay kasb-hunar texnikumining moddiy-texnik bazasi o‘rganilib, amaliy mashg‘ulotlar ustaxonasini to‘liq ta'mirlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash yuzasidan takliflar ilgari surildi.
🎁 Shuningdek, maktab va texnikumning iqtidorli, namunali o‘quvchilariga o‘quv qurollari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
🏥 Tashrif davomida tumandagi ta'mirtalab va yangi qurilgan ambulatoriya ob'ektlari holati ko‘zdan kechirilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
💧 Shu bilan birga, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida quduq qazish loyihasi o‘rganildi.
🤝 Muloqotlar davomida mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda quvaytlik hamkorlarning moliyaviy ko‘magini jalb etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Zero, ta'limga kiritilgan sarmoya — kelajakka, sog‘liqni saqlashga qaratilgan e'tibor — inson hayotiga, toza ichimlik suvi esa butun bir hudud farovonligiga xizmat qiladi.
🌍 Ezgulik chegara bilmaydi. Xayrli tashabbuslar esa insonlar hayotini o‘zgartiradi!