Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 11:24
view 336
XORIJDA DAVOLANISh UChUN FONDGA QANDAY HUJJATLAR TAQDIM QILINADI?

Ushbu savolga Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova javob beradi:

Fondning homiylik yordamini olish uchun fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar (Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan)ligi haqidagi ma'lumotnoma
Tibbiy, pedagogik va shifokorlar ekspert komissiyasining tasdiqlangan va muhrlangan xulosasi
Pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi
Ota-onaning pasport nusxasi
Xorijga davolanish uchun SSVning bosh mutaxassisi xulosasi

Hujjatlarning shaffofligini ta'minlash maqsadida www.bolalarfondi.uz elektron platformasi orqali hujjatlar qabul qilinadi

Hujjatlar qabul qilingandan so‘ng, Fondning ekspertlar guruhi va Vasiylik kengashi arizani ko‘rib chiqadi va amaliy yordam berish bo‘yicha xulosa beradi.