Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:49
view 1006
XORIJDA DAVOLANISh UChUN FONDGA QANDAY HUJJATLAR TAQDIM QILINADI?

Ushbu savolga Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova javob beradi:

Fondning homiylik yordamini olish uchun fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:

✔️Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar (Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan)ligi haqidagi ma'lumotnoma
✔️Tibbiy, pedagogik va shifokorlar ekspert komissiyasining tasdiqlangan va muhrlangan xulosasi
✔️Pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi
✔️Ota-onaning pasport nusxasi
✔️Xorijga davolanish uchun SSVning bosh mutaxassisi xulosasi

💻Hujjatlarning shaffofligini ta'minlash maqsadida www.bolalarfondi.uz elektron platformasi orqali hujjatlar qabul qilinadi

📍Hujjatlar qabul qilingandan so‘ng, Fondning ekspertlar guruhi va Vasiylik kengashi arizani ko‘rib chiqadi va amaliy yordam berish bo‘yicha xulosa beradi.