Anemiya kasalligi turli sabablarga koʻra rivojlanadi. Masalan, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda anemiya homiladorlik davridagi muammolar – onadagi yuqumli kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, erta tugʻilgan bolalarda ham bu xastalik koʻp kuzatiladi.
❗️Toʻgʻri ovqatlanmaslik bilan organizm yetarli miqdorda temir va uning soʻrilishi uchun zarur boʻlgan C va B12 vitaminlarni oʻzlashtira olmaydi. Natijada kamqonlik yuzaga keladi.
🧾Anemiyani oldini olish uchun qanday mahsulotlarni istemol qilish kerak❓
✅Gemoglobinni oshiradigan mahsulotlar:
🔸Temirga boy:
jigar, tuxum, dukkaklilar, go‘sht, baliq, quritilgan mevalar, qo'ziqorin, anor, lavlagi, holva.
🔸Temir so'rilishiga yordam beradigan vetaminlarga - C, B12 va foliy keslatasiga boy mahsulotlar istimol qilish: apelsin, limon, bulg‘or qalampiri, pomidor, loviya, rezavor mevalar, sabzi, karam, pishloq, jigar, tuxum.